O'zbekiston startaplari Qozog'iston bozoriga chiqadi

1 daqiqa o'qish276
O'zbekiston startaplari Qozog'iston bozoriga chiqadi

Astana Hub va IT Park Uzbekistan Market Entry nomli akseleratsiya dasturini ishga tushirdi, deb Spot.uz xabar berdi. Ushbu dastur orqali o'zbekistonlik startaplar Qozog'iston bozoriga chiqishda yordam oladi. Arizalar 20 sentyabrgacha qabul qilinadi.

Market Entry dasturi o'z biznesini Qozog'istonda kengaytirmoqchi bo'lgan texnologik startaplar uchun mo'ljallangan. Dastur doirasida yuridik shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish, subsidiyalar va soliq imtiyozlarini olishda yordam ko'rsatiladi.

Ishtirokchilar mahalliy qonunchilik va soliq tizimiga moslashish, yangi auditoriyada mahsulotlarini sinovdan o'tkazish va pilot loyihalarni tayyorlash imkoniyatiga ega bo'lishadi. Shuningdek, ehtimoliy mijozlar va hamkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Dastur ishtirokchilariga quyidagilar taklif etiladi:
Astana shahrida ikki nafar jamoa a'zosi uchun ofis va koliving;
asosiy sohalarda mutaxassislar bilan mentorlik sessiyalari;
shaxsiy trekerlar bilan ishlash imkoniyati;
ko'rgazmalar, forumlar va sohaga oid tadbirlarda qatnashish imkoniyati.

Market Entry dasturining ochilishi 3 oktyabr kuni Digital Bridge xalqaro forumi doirasida bo'lib o'tadi. Mashg'ulotlar 6 oktyabrdan boshlanib, 8 hafta davom etadi.

Akseleratorning yakuniy bosqichi – Demo Day – 5 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar o'z loyihalarini investorlar va venchur jamg'armalarga taqdim etishadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?