Hafta oxiri butun O‘zbekistonda havo keskin salqinlashadi

1 daqiqa o'qish1.7K
Hafta oxiri butun O‘zbekistonda havo keskin salqinlashadi

“O‘zgidromet”ning ma’lum qilishicha, 12—14 sentyabr kunlari O‘zbekistonda sovuq havo oqimining ta’siri saqlanib qoladi. Bu, ayniqsa, hafta oxirida respublika bo‘ylab haroratning keskin pasayishiga olib keladi.

Juma va shanba kunlari ko‘p hududlarda quruq va nisbatan iliq ob-havo hukm suradi. Harorat 30—35 daraja iliq atrofida, ayrim joylarda esa 37—39 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimol qilinmoqda. Bu hududlarda kunduzgi harorat 20—25 darajagacha tushadi.

Yakshanba kuni butun respublika bo‘yicha havo salqinlasha boshlaydi. Kunduzgi harorat 25—30 daraja, janubiy viloyatlarda esa 33—35 daraja atrofida bo‘ladi. Shu bilan birga, 12 sentyabr kuni shimoliy va cho‘l hududlarida shamol kuchayishi kutilmoqda. Dam olish kunlarida esa ayrim hududlarda shamol 13—18 m/s gacha yetshi va chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin.

Poytaxt Toshkentda bugun havo 33—35 daraja iliq bo‘ladi. Shanba kuni harorat 31—33 daraja, yakshanba kuni esa 27—29 darajagacha tushadi. Kechasi 16—19 daraja atrofida saqlanadi. Sharqdan esadigan shamol ba’zi vaqtlarda 10—12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Sinoptiklar ma’lum qilishicha, kelgusi haftaning dastlabki kunlarida ham sovuq oqim ta’siri sezilarli bo‘ladi. Havo harorati kechasi 10—15 darajagacha, kunduzi esa 20—25 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi ham mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?