Rossiyalik sayyohlar orasida Yangi yilni noodatiy va esda qolarli tarzda o‘tkazish istagi tobora kuchaymoqda. Ana shunday ekzotik yo‘nalishlardan biri sifatida O‘zbekiston ayni paytda katta ommalashuv kasb etmoqda. Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatimiz rossiyaliklar uchun Yangi yilni nishonlashda eng yaxshi beshta yo‘nalish ro‘yxatiga kirdi.
ATOR tuzgan ro‘yxatdan O‘zbekiston bilan birga Sankt-Peterburg, Kaliningrad, Kareliya va Velikiy Ustyug ham joy olgan. Mutaxassislar ta’kidlashicha, rossiyaliklar qishning qattiq sovug‘idan qochib, iliq iqlim, boy tarixiy muhit va o‘zgacha madaniy muhitdan bahramand bo‘lish uchun O‘zbekistonni tanlamoqda.
“Sirli Sharqning havosi, Buyuk Ipak yo‘lining tarixiy shaharlari, boy ekskursiya dasturlari va haqiqatan ham ajoyib gastronomik tajribalar. O‘zbekistonda Yangi yil bayramini o‘tkazish nafaqat quvnoq, balki to‘la-to‘kis madaniy sayohatga aylanishi mumkin,” — deyiladi ATOR bayonotida.
Assotsiatsiyaning qayd etishicha, ayniqsa 50 yoshdan oshgan, lekin yoshlik ruhini yo‘qotmagan sayyohlar, blogerlar va tarixiy joylarga qiziqadiganlar uchun bu yo‘nalish ayni muddaodir. Turistlar Samarqand osmonidagi Yangi yil yulduzlari ostida bayram qilishlari, Temuriylar xazinalariga boy tarixiy obyektlarni ko‘rishlari yoki mamlakatning durdona shaharlari ichida ekzotik bayram kechasiga guvoh bo‘lishlari mumkin.
Mahalliy turoperatorlar esa hozirdanoq turli dasturlarni taklif etmoqda. Masalan, “Samarqand osmonida Yangi yil yulduzlari”, “Temuriylar xazinalari bilan Yangi yil” va “O‘zbekiston durdonalari orasida Yangi yil” kabi turlar katta qiziqish uyg‘otmoqda.
ATOR sayyohlarga hozirdanoq chiptalarni bron qilishni maslahat bermoqda, chunki Yangi yil kunlari yo‘nalishlarga talab juda yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Yangi yilda rossiyaliklar uchun eng ajoyib manzil – O‘zbekiston
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar