O‘zbekistonda sun’iy sut mahsulotlari reklamasi cheklanishi mumkin

1 daqiqa o'qish301
O‘zbekistonda sun’iy sut mahsulotlari reklamasi cheklanishi mumkin

O‘zbekistonda ona sutini almashtiruvchi mahsulotlarning reklamasi cheklanishi va bolalar oziq-ovqatlarini ishlab chiqarish, import qilish, saqlash hamda sotish talablarini kuchaytirish taklif qilindi, deb Kursiv.media xabar berdi. Bu taklif Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi taqdimot chog‘ida ilgari surildi.

Ushbu choralar faqatgina emizishga asoslangan oziqlantirishni rivojlantirishga qaratilgan milliy dastur doirasida amalga oshiriladi. Dasturga ko‘ra, 2030 yilgacha 6 oygacha bo‘lgan bolalarni faqat ona suti bilan oziqlantirish ko‘rsatkichini 70%ga yetkazish rejalashtirilgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga muvofiqdir.

Dastur doirasida JSST va UNICEF tashabbuslari — “Bolangiz uchun do‘stona shifoxona” va “Emizishda 10 qadam” amaliyotlari joriy qilinadi. Shifokorlar maslahat berishga o‘rgatiladi, homilador va emizikli ayollar uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?