date

Bo‘stonliqdagi Burchmulla davlat o‘rmonida yong‘in kelib chiqqani aytilmoqda

Bo‘stonliqdagi Burchmulla davlat o‘rmonida yong‘in kelib chiqqani aytilmoqda
20 sentyabr kuni taxminan soat 13:00 atrofida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yakatut qishlog‘iga tutash hududda joylashgan Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligida yong‘in sodir bo‘ldi.

Hodisa joyiga o‘rmon xo‘jaligi mas’ullari, 40 nafardan ziyod ishchi-xodimlar, mahalliy yoshlardan iborat 10 kishilik ko‘ngilli yong‘in-qutqaruv guruhi hamda tuman IIB xodimlari yetib borishdi. Ularning hamjihat harakatlari bilan yong‘in soat 14:40 ga qadar to‘liq bartaraf etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida qariyb 1,5 gektar yer maydonidagi qurib qolgan o‘tlar yonib ketgan. Sabab sifatida esa Yakatut qishlog‘ida istiqomat qiladigan, 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro S.D.ning ichimlik suvi metall quvurini payvandlash jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmagani ko‘rsatilmoqda.

Ahvol yuzasidan S.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 84-moddasi 3-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bo‘stonliqdagi Burchmulla davlat o‘rmonida yong‘in kelib chiqqani aytilmoqda