date

Qashqadaryoda 1,5 mlrd kub metrlik gaz ombori quriladi

Qashqadaryoda 1,5 mlrd kub metrlik gaz ombori quriladi
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yangi yer osti gaz saqlash inshooti quriladi. Bu haqda vazirlik Gazeta nashriga xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Energetika vazirligi va Xitoyning China National Petroleum Corporation kompaniyasi o‘rtasida gazni yer ostida saqlash inshootini barpo etish bo‘yicha dastlabki tadqiqot ishlarini amalga oshirishga oid hamkorlik memorandumi imzolandi.

Loyiha “Qorabayir” koni negizida amalga oshiriladi. Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, mazkur konning XII gorizonti gaz saqlash inshooti qurish uchun maqbul deb topilgan.

Inshoot faoliyati yo‘lga qo‘yilgandan keyin, u yerda 1 milliard 500 million kub metr aktiv tabiiy gazni saqlash imkoniyati yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil oktyabr oyida Energetika vaziri mamlakatda faoliyat yuritayotgan ikki yer osti gaz ombori — “Gazli” va “Xo‘jaobod” haqida ma’lumot bergan edi.

Shuningdek, vazirning aytishicha, “So‘x” gaz ombori bo‘yicha ham ishchi guruh tuzilgan va o‘rganish ishlari davom etmoqda. Ushbu ombor Qirg‘iziston hududida joylashgan bo‘lib, kompressorlar va boshqa texnologiya uskunalari O‘zbekiston hududida joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qashqadaryoda 1,5 mlrd kub metrlik gaz ombori quriladi