Qashqadaryoda yangi shahar qurish va metro barpo etish rejalari bildirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda aholi va jamoatchilik vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvida viloyatda yangi shahar qurish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Davlat rahbarining aytishicha, hududda Toshkentdagi Yangi Toshkent loyihasi kabi Yangi Qarshi shahri ham bunyod etiladi. Ushbu tashabbus viloyatning shaharsozlik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Shuningdek, uchrashuvda Qashqadaryoda metro qurish imkoniyati ham muhokamaga qo‘yildi. Hozircha yangi shaharning qurilish muddatlari, aniq joylashuvi va metro loyihasini amalga oshirish bo‘yicha batafsil ma’lumot berilmagan.































Izohlar 0
…