Toshkentda avtobuslar harakatiga vaqtincha o‘zgartirish kiritildi

Toshkent shahrida Shahrisabz ko‘chasida avtobuslar uchun maxsus yo‘lak — BRT qurilishi sababli beshta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgartirildi. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qurilish ishlari munosabati bilan Shahrisabz va Istiqbol ko‘chalari kesishmasida chapga burilish vaqtincha cheklangan.
Shu sababli, 2, 26, 37, 68 va 93-sonli avtobuslarning shahar markazidan harakatlanishi bir tomonlama tartibda Shahrisabz, Maxtumquli va S. Azimov ko‘chalari orqali tashkil etilgan.

Bosh boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, mazkur hududda transport oqimi ortishi va tirbandliklar yuzaga kelishi mumkin. Bu esa avtobuslarning qatnov oralig‘i uzayishiga olib kelishi ehtimoli bor. Shuningdek, vaziyatga qarab, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Yo‘lovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirish va ehtimoliy kechikishlarni hisobga olish so‘ralgan.






























Izohlar 0
…