Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi uchun qo‘shimcha reyslar tashkil etildi. Xususan, 1–2 oktyabr kunlari yo‘lovchi talabining ortishi va ichki turizm mavsumi munosabati bilan qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi.
3 oktyabrdan boshlab esa mazkur qo‘shimcha reyslar muntazam ravishda haftasiga uch marta — chorshanba, juma va shanba kunlari qatnaydi. Bu orqali ikki shahar o‘rtasida harakatlanish imkoniyatlari kengayishi hamda xizmatlar barqaror va o‘z vaqtida taqdim etilishi ta’minlanadi.
Yo‘nalish bo‘yicha kundalik vaqt jadvali quyidagicha belgilandi:
— Samarqanddan jo‘nash: 10:55, Toshkentga yetib kelish: 13:10.
— Toshkentdan jo‘nash: 13:56, Samarqandga yetib kelish: 16:09.
“Afrosiyob”ning yuqori tezligi va aniq jadvali manzillar orasidagi safar muddatini qisqartiradi hamda yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi.
Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” reyslari yo‘lga qo‘yiladi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar