26-sentyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan “Jahon atom haftaligi” forumi doirasida Azim Ahmadxo‘jayev Spot nashriga bergan intervyusida atom elektr stansiyasi qurilishi O‘zbekistonda elektr energiyasi narxini pasayishiga olib kelishini bildirdi.
“Narxlar albatta pasayadi”, — dedi u savolga javoban. Unga ko‘ra, investitsiya davridan keyin 1 kVt/soat energiya ishlab chiqarish xarajatlari sezilarli tushadi. Quvvatlar ko‘payishi bilan tizim samaradorligi oshadi va iqtisod qonuniyatlari asosida narxlar pasayishi tabiiy jarayon bo‘ladi.
Ahmadxo‘jayev atom energetikasini “buyuk kelajakka ega” sohalardan biri sifatida baholadi. Uning ta’kidlashicha, ko‘mir generatsiyasi o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, tabiiy gaz esa yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishda samaraliroq qo‘llanilishi lozim.
Bir kun avval “O‘zatom” va Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi O‘zbekistonda quriladigan AESning yangilangan konfiguratsiyasi bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Yangi bitimga ko‘ra, loyiha tarkibiga ikkita yirik quvvatli VVER-1000 (3+ avlod) energobloki va har biri 55 MVt quvvatga ega ikki ta RITM-200N kichik reaktor kiritildi.
AES loyihasi ortidan elektr narxlari arzonlashishi aytildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar