date

O‘zbekistonning taniqli davlat arbobi Ismoil Jo‘rabekov vafot etdi

O‘zbekistonning taniqli davlat arbobi Ismoil Jo‘rabekov vafot etdi
Atoqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimlarida samarali mehnat qilgan Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshida olamdan o‘tdi.

Islom Karimov davrida muhim davlat vazifalarini bajargan Jo‘rabekov yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan arbob sifatida tarixda qoladi.

Marhum o‘z xotiralarida O‘zbekistonning birinchi prezidenti unga Afg‘oniston bilan bog‘lovchi ko‘prikni portlatib yuborishni buyurgani, ammo u bu qarorni amalga oshirmaganini va shu orqali ikki xalq o‘rtasidagi aloqalarni saqlab qolganini aytib o‘tgan edi.

Jo‘rabekovning hayoti va faoliyati mamlakatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgani, uning nomi keyingi avlodlar uchun ham ibrat bo‘lib qolishi shubhasiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning taniqli davlat arbobi Ismoil Jo‘rabekov vafot etdi