Ertadan Toshkent shahrining 5 ta tumanida issiq suv ta’minotida vaqtincha uzilishlar bo‘ladi, deb Veolia Energy Tashkent xabar berdi.
Kompaniya sentyabr-oktyabr oylarida issiqlik tarmoqlarida rejalashtirilgan profilaktika ishlari olib borilishini ma’lum qilgan edi. Shu bois markaziy isitish tizimiga ulangan uylarda besh kun davomida issiq suv uzilishi kuzatiladi.
Bu ishlar qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilayotgani aytildi. “Vaziyatni tushunib qabul qilganingiz uchun minnatdormiz”, — dedi kompaniya.
6−10 oktyabr kunlari uzilishlar quyidagi hududlarda bo‘ladi:
Munis, Sariqo‘l, Eski Sariqo‘l, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod va boshqa ko‘chalar;
Qo‘yliq 1−7 massivlari, Qo‘yliq-Aylanma;
Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, Sug‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Do‘stlik, Sergeli 1−8A, Yulduz 1−18;
"Vodnik" massivi (Husayn Boyqaro ko‘chasi, Bektemir);
"Quruvchi" massivi (Sergeli).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!