Toshkentda isitish tizimi dekabr oyida yoqiladimi?

Toshkentda isitish tizimi dekabr oyida yoqiladimi?

Toshkentda ko‘p qavatli uylarni isitish tizimiga ulash muddati ob-havo sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Amaldagi qoidaga ko‘ra, sutkalik o‘rtacha havo harorati ketma-ket besh kun davomida +8 darajadan past bo‘lsa, isitish mavsumini boshlash uchun asos yuzaga keladi. Yakuniy qaror esa Toshkent shahar hokimligi tomonidan qabul qilinadi.

Ob-havo prognozlariga ko‘ra, yaqin kunlarda poytaxtda nisbatan iliq havo saqlanib qolishi kutilmoqda. Shu bois isitish tizimini ishga tushirish biroz kechikishi mumkin. Biroq isitish faqat dekabr oyida yoqiladi, deb xulosa chiqarish hozircha erta.

Isitish mavsumining boshlanishi taqvimdagi sanaga emas, avvalo, amaldagi ob-havo sharoitiga bog‘liq. Bir oylik prognoz ham isitish tizimi aynan dekabrda ishga tushirilishini kafolatlamaydi.

Agar havo harorati belgilangan mezondan pastlab, sovuq bir necha kun davomida saqlanib qolsa, isitish mavsumining boshlanish sanasi ham o‘zgarishi mumkin. Shu sababli poytaxt aholisiga isitish tizimi qachon yoqilishi haqidagi rasmiy xabarlarni kuzatib borish tavsiya etiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar