date

“Samarqand mayizi” rasman davlat ro‘yxatiga kiritildi

“Samarqand mayizi” rasman davlat ro‘yxatiga kiritildi
Qo‘shrabot tumanida ilk bor o‘tkazilgan “Mayiz sayli” festivalida “Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi.

Tadbirda hokim vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, Adliya vaziri Akbar Toshqulov, turli vazirliklar, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ushbu marosimda “Samarqand mayizi”ning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqida rasmiy hujjat topshirildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Samarqandda 663 ming tonna uzum yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yil bu ko‘rsatkich 700 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Yilning birinchi yarmida 2 ming tonna uzum va 34,2 ming tonna mayiz eksport qilindi.

Qo‘shrabot tumanida 7 ming gektar yerda uzum yetishtiriladi, har yili 50–55 ming tonna hosil olinadi va katta qismi mayizga aylantiriladi. “Qo‘shrabot mayizi” tovar belgisi ham rasman ro‘yxatdan o‘tdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » “Samarqand mayizi” rasman davlat ro‘yxatiga kiritildi