2026 yildan chet el fuqarolariga imtiyozli soliq tartibi amal qiladi

O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi, deb “Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimi joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonida belgilandi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi talablarga javob beradigan chet el fuqarolarining O‘zbekiston hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod qilinadi:
– 50 ming AQSH dollari miqdorida maxsus yig‘im to‘lash;
– O‘zbekistondagi vakolatli tijorat bankida bank hisobvaraq ochish yoki maxsus kripto-birjada kripto-hamyon yaratish.
Bundan tashqari, ketma-ket 12 oylik davr mobaynida 30 kalendar kundan ortiq O‘zbekistonda bo‘lgan va mamlakatda mulk yoki ijara huquqi asosida turar joyga ega bo‘lgan fuqarolar soliq rezidenti sifatida e’tirof etiladi.