Soliq ilovasidagi 1 foizlik keshbek taqdiri muhokama qilinmoqda

Soliq ilovasidagi 1 foizlik keshbek taqdiri muhokama qilinmoqda

O‘zbekistonda xarid cheklarini Soliq ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolarga to‘lanadigan 1 foizlik keshbek tizimini bekor qilish taklif etildi.

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish instituti ma’lumotiga ko‘ra, mazkur mexanizmga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar yildan yilga ko‘paymoqda. 2026 yilda bu xarajatlar 1,8 trln so‘mgacha yetishi mumkin.

Institut keshbek tizimining ta’siri avvalgidek yuqori emasligini bildirgan. Shu bois fuqarolarni chek talab qilishga undaydigan boshqa usuldan foydalanish taklif qilinmoqda.

Yangi yondashuvda yashirin iqtisodiyot xavfi yuqori hisoblangan sohalardagi xarid cheklarini ro‘yxatdan o‘tkazganlar o‘rtasida lotereya tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Ayni paytda amaldagi keshbek tizimi bekor qilingani yo‘q. Uni o‘zgartirish yoki to‘xtatish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar