Hukumatning 2025 yil 8 oktyabrdagi 631-sonli qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi 'Yashil tashabbuslar'ni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish, ulardan foydalanish, moliyalashtirish tartibi, hisob va hisobot yuritish, jamg‘arma faoliyatini boshqarish mexanizmlari aniq belgilab berildi.
Jamg‘arma mablag‘lari yoshlarning tabiatni asrash, chiqindilarni qayta ishlash, yashil energiya manbalaridan foydalanish, daraxt ekish va shu kabi ekologik loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Shu orqali yoshlar ishtirokida mamlakatda ekologik barqarorlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar