O‘zbekistonda parranda go‘shti importi 14,2% ga oshdi

1 daqiqa o'qish159
O‘zbekistonda parranda go‘shti importi 14,2% ga oshdi

2025 yilning sakkiz oyida O‘zbekiston 54,6 ming tonna parranda go‘shtini chetdan xarid qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2% ko‘proq, deb Kursiv.media xabar berdi.

Import qilingan parranda go‘shti uchun 59,1 million dollar (725 milliard so‘m) sarflangani ma’lum qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot berdi.

Asosiy yetkazib beruvchi davlat — Rossiya bo‘lib, 13,9 ming tonna go‘sht yetkazib berilgan. Turkiyadan 9,8 ming tonna, Belarusdan esa 7 ming tonna go‘sht olib kelingan.

Bundan tashqari, Belgiya — 5,6 ming tonna, Niderlandiya — 4,2 ming tonna, boshqa davlatlardan esa 14,1 ming tonna parranda go‘shti import qilingan.

Joriy yilning sakkiz oyi davomida O‘zbekiston jami 2,6 milliard dollar (32,2 trillion so‘m) qiymatida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilgan. Bu yil hisobida 14% o‘sishni anglatadi.

Import qilingan mahsulotlar orasida asosiy o‘rinni g‘alla — 609 million dollar (7,5 trillion so‘m) va go‘sht — 504,7 million dollar (6,25 trillion so‘m) egalladi.

Shuningdek, O‘zbekiston shakar — 331,9 million dollar (4,1 trillion so‘m), sabzavot va mevalar — 294,4 million dollar (3,65 trillion so‘m) miqdorida xarid qilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?