Toshkent dunyo shaharlari reytingida nechanchi o‘rinni egalladi?

1 daqiqa o'qish172
Toshkent dunyo shaharlari reytingida nechanchi o‘rinni egalladi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Oxford Economics'ning 2026 yilgi "Global Cities Index" reytingida Toshkent 343-o'rinni egalladi.
  • O'zbekiston poytaxti bir yilda 128 pog'ona yuqorilab, Markaziy Osiyo shaharlari orasida uchinchi natijani qayd etdi.
  • Reytingda Toshkent iqtisodiyot va inson kapitali bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lgan bo'lsa-da, hayot sifati, atrof-muhit va boshqaruv ko'rsatkichlari nisbatan past baholandi.

Oxford Economics tashkilotining 2026 yilgi “Global Cities Index” reytingida Toshkent 343-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston poytaxti bir yil ichida 128 pog‘ona yuqorilab, Markaziy Osiyo shaharlari orasida uchinchi natijani qayd etdi.

Reytingda dunyodagi 1000 ta shahar iqtisodiyot, inson kapitali, hayot sifati, atrof-muhit va boshqaruv kabi beshta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha baholangan.

Markaziy Osiyo shaharlari orasida eng yuqori natija Qozog‘istonga tegishli. Olmaota 265-o‘rinni, Ostona 281-o‘rinni egallagan. Toshkent 343-o‘rin bilan ulardan keyin joylashgan. Bishkek 461-, Ashxobod 668- va Dushanbe 672-o‘rinni qayd etgan.

Toshkentning natijasi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli yaxshilangan. Poytaxt 2025 yildagi 471-o‘rindan 343-o‘ringa ko‘tarilib, bir yilda 128 pog‘ona yuqorilagan.

Shaharning umumiy ko‘rsatkichiga iqtisodiyot va inson kapitali bo‘yicha natijalar sezilarli hissa qo‘shgan. Toshkent iqtisodiyot bo‘yicha 54,7 ball bilan 188-o‘rinni, inson kapitali bo‘yicha esa 61,5 ball bilan 108-o‘rinni egallagan. Bu inson kapitali yo‘nalishida Toshkentni dunyo shaharlarining yuqori 20 foizi qatoriga kiritgan.

Biroq hayot sifati, atrof-muhit va boshqaruv ko‘rsatkichlari nisbatan past natija qayd etgan. Toshkent hayot sifati bo‘yicha 47,5 ball bilan 644-o‘rinda, atrof-muhit bo‘yicha 806-o‘rinda, boshqaruv yo‘nalishida esa 825-o‘rinda qayd etilgan.

Hayot sifati ko‘rsatkichi aholining farovonligi va qoniqishi, moliyaviy ahvoli, salomatligi hamda shahar infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini qamrab oladi. Boshqaruvda esa shahar institutlarining barqarorligi, tartibga solish sifati va aholi hamda biznes uchun yaratilgan sharoitlar baholanadi.

Oxford Economics Toshkentning asosiy ustunliklari sifatida geografik joylashuvi va malakali ishchi kuchini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, kishi boshiga to‘g‘ri keladigan YAIMning nisbatan pastligi, malakali kadrlarni yuqori daromadli mamlakatlarga yo‘qotish xavfi hamda suv tanqisligi asosiy muammolar sifatida qayd etilgan.

Toshkent, shuningdek, kelgusida tez o‘sishi mumkin bo‘lgan “kuzatuvdagi shaharlar” qatoriga kiritilgan.

Umumiy reytingda Nyu-York birinchi o‘rinni egallagan. Keyingi pog‘onalardan London, Parij, Sietl va San-Fransisko joy olgan. Reytingda yuqori natija qayd etgan shaharlar asosan kuchli iqtisodiy salohiyat, malakali aholi, hayot sifati va rivojlangan infratuzilma bilan ajralib turgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?