Mashhur CNN Travel portali tomonidan dunyodagi eng mazali va o‘zgacha nonlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston milliy taomi — o‘zbek nonlari ham munosib o‘rin egalladi.
Nashr ta’kidlashicha, o‘zbek noni nafaqat mazasi, balki ko‘rinishi bilan ham ajralib turadi — u gullar, naqshlar va maxsus shtamplar bilan bezatiladi. An’anaviy tarzda tandirlarda tayyorlanadigan bu nonlar har bir hududda turlicha shakl va ta’mga ega bo‘lib, masalan, Toshkent, Samarqand yoki Buxoro nonlarining o‘ziga xosligi mavjud.
Non tayyor bo‘lganidan so‘ng, ular maxsus choparlar yordamida bozorlar va oshxonalarga yetkaziladi. Bu an’ana ham hozirgacha saqlanib qolgani alohida qayd etilgan.
Oziq-ovqat turlari bo‘yicha tanlovlar va ro‘yxatlar bilan tanish bo‘lgan CNN Travel o‘zbek nonini dunyodagi eng yaxshi nonlardan biri, deb baholadi. Bu o‘z navbatida mamlakatimiz gastronomik merosining yana bir xalqaro ye’tirofidir.
O‘zbek noni dunyo miqyosidagi eng mazali nonlardan biri deb topildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar