date

Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb 29-oktyabrdan 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.

Tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilinadi.

Kun tartibidan quyidagi yo‘nalishlar o‘rin olgan:

  • siyosiy muloqotni faollashtirish;

  • savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini kengaytirish;

  • madaniy-gumanitar sohada hamkorlikni mustahkamlash.

Mutaxassislar fikricha, bu tashrif O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochadi. Tomonlar energetika, “yashil texnologiyalar”, ta’lim, va raqamli iqtisodiyot sohalarida qo‘shma loyihalar imkoniyatlarini ham muhokama qilishi kutilmoqda.

Diplomatik manbalar Aleksandr Stubbning bu tashrifi Finlyandiyaning Markaziy Osiyo mintaqasiga e’tiborini kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri ekanini qayd etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi