O’zbekistonda go‘sht narxi 23 foizga qimmatladi

1 daqiqa o'qish1.6K
O’zbekistonda go‘sht narxi 23 foizga qimmatladi

Yil boshidan buyon go‘sht narxi 23 foizga qimmatladi, deb Uz24 sayti xabar berdi.

Markaziy bank boshqaruvi raisi Timur Ishmetov 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida iqtisodiyotdagi ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar narxini barqarorlashtirish bo‘yicha hukumatning choralarini ma’lum qildi.

Sentyabr oyida umumiy inflyatsiya 8% darajasiga sekinlashgan bo‘lsa-da, ijtimoiy ahamiyatli tovarlar narxi ancha yuqori darajada qolmoqda. Yil davomida quyidagi tovarlar narxi oshgan:

– Mol go‘shti — 23,2% (taxminan 108,000 so‘m/kg)

– Kartoshka — 18,5%

– Benzin — 11,8%

Ishmetov ta’kidlashicha, bu mahsulotlar narxini barqarorlashtirish uchun tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Kelgusi yillarda inflyatsiyani past va barqaror darajada ushlab turish uchun taklif bilan bog‘liq asosiy omillarni bartaraf etish, ichki bozorda raqobatni kuchaytirish, tarif va notarif cheklovlarni kamaytirish lozim. Shuningdek, energiya resurslarini uzluksiz yetkazib berish va transport infratuzilmasini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Bu choralar iqtisodiy barqarorlik va tovarlar narxini barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?