
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida metro xizmatlaridan jami 205,7 million kishi foydalangan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,4 million yo‘lovchiga ko‘p bo‘lib, o‘sish 7,5 foizni tashkil etdi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida metropoliten orqali har kuni o‘rtacha 753,5 ming nafar yo‘lovchi tashilgan.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, yo‘lovchi oqimining ortishi metro tarmoqlarining kengayishi va yangi stansiyalarning ishga tushirilishi bilan izohlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.