date

Davolanishga eng ko‘p mablag‘ sarflangan hududlar qayerlar?

Davolanishga eng ko‘p mablag‘ sarflangan hududlar qayerlar?

Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur davrda umumiy xizmatlar hajmi 14,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 13,6 foizga oshgan.

Hududlar bo‘yicha sog‘liqni saqlash xizmatlariga eng ko‘p mablag‘ Toshkent shahrida sarflangan — 6,7 trillion so‘m. Bu esa umumiy hajmning deyarli yarmiga teng. Undan keyingi o‘rinda Toshkent viloyati (1,4 trln so‘m) va Samarqand viloyati (1,1 trln so‘m) qayd etilgan.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida xizmatlar hajmi boshqa hududlarda quyidagicha:

  • Farg‘ona – 961,8 mlrd so‘m

  • Namangan – 664,1 mlrd so‘m

  • Andijon – 652,4 mlrd so‘m

  • Buxoro – 569,2 mlrd so‘m

  • Qashqadaryo – 545,4 mlrd so‘m

  • Xorazm – 495,4 mlrd so‘m

  • Surxondaryo – 373,8 mlrd so‘m

  • Jizzax – 358 mlrd so‘m

  • Sirdaryo – 259,2 mlrd so‘m

  • Qoraqalpog‘iston – 253 mlrd so‘m

  • Navoiy – 238,4 mlrd so‘m

Bu raqamlar aholining sog‘liqni saqlashga bo‘lgan ehtiyoji, infratuzilma darajasi va hududiy tibbiyot xizmatlari rivoji bilan chambarchas bog‘liqdir. Toshkent shahri va viloyatlar orasidagi tafovutlar tibbiy xizmatlarning markazlashganligini ko‘rsatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Davolanishga eng ko‘p mablag‘ sarflangan hududlar qayerlar?