date

2030-yilgacha pensiya oluvchilar soni qanchaga yetishi aniqlandi

2030-yilgacha pensiya oluvchilar soni qanchaga yetishi aniqlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil uchun Byudjetnomasiga ko‘ra, O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar 2030-yilgacha inflyatsiyadan yuqori miqdorda oshirib boriladi. Ushbu yondashuv aholining real daromadlarini ko‘paytirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan.

Hujjatda davlat pensiya tizimida islohotlar kutilayotgani va Pensiya jamg‘armasini davlat mablag‘i bilan moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich kamaytirilishi rejalashtirilgan. 2026-yil boshiga jamg‘arma qoldig‘i 3,9 trln so‘m, daromadlari 64,7 trln so‘m, xarajatlari esa 86,1 trln so‘m bo‘lishi prognoz qilingan.

Shunga ko‘ra, kelasi yil byudjetdan 23 trln so‘mlik transfert ajratilishi mo‘ljallanmoqda. 2027-yilda bu raqam 20 trln so‘mga, 2028-yilda esa 18 trln so‘mga tushishi kutilmoqda. Bu orada jamg‘arma daromadlari 2027-yilda 75 trln, 2028-yilda esa 87,8 trln so‘mga yetadi.

Xarajatlar esa mos ravishda 95,1 trln va 104,8 trln so‘mga oshadi. Shu bilan birga, pensionerlar soni yaqin uch yilda 489 ming nafarga ko‘payib, 4,76 million kishiga yetishi kutilmoqda. Har yili pensiya yoshiga yetadiganlar soni 5,1 foizga ortadi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, budjet tashkilotlari xodimlari ish haqining har 1 foizga oshirilishi budjet xarajatlarini 1,67 trln so‘mga oshiradi. Pensiyalarning har foizlik oshirilishi esa 861 mlrd so‘mga teng bo‘ladi.

Shuningdek, ijtimoiy nafaqa oluvchi oilalar soni 10 foizga ko‘payganda budjet xarajatlari 1,6 trln so‘mga oshadi. Bu holat byudjet siyosatini yanada puxta rejalashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2030-yilgacha pensiya oluvchilar soni qanchaga yetishi aniqlandi