
2017 yilning birinchi yarmiga oxirigacha Toshkentda zamonaviy muz saroyi barpo etiladi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
Avvallari, Toshkentning Beruniy dahasida, hozirgi “O‘zko‘rgazmasavdo” binosi o‘rnida muz saroyi bo‘lar edi. Mazkur muz saroyida hokkey musobaqalari o‘tkazilardi. Keyinchalik muz saroyi o‘rnini ko‘rmazmalar zali egalladi.
Yangi muz saroyi Toshkent shahrining Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasidagi maydonda, O‘zbekiston metro bekatiga yaqin hududda barpo etilmoqda. Ayni damda maydon atrofi o‘rab olinib, qurilish ishlariga start berildi.
Muz saroyi ikkita asosiy kompleksdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Tasdig‘ini topmagan xabarlarga qaraganda, xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan yangi muz saroyida hokkey musobaqalari ham tashkil etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar