
O‘zbekiston tibbiyot sohasining yirik namoyandalaridan biri, mashhur pulmonolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Abdullla Muharramovich Ubaydullayev 91 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda uning yaqinlari va ilmiy hamjamiyat vakillari ma’lum qildi.
Abdullla Ubaydullayev nafaqat mamlakat tibbiyotining rivojiga, balki butun Markaziy Osiyo pulmonologiya maktabining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan olim sifatida e’tirof etiladi. U o‘z faoliyati davomida minglab shifokorlar tayyorlanishiga ko‘maklashgan, nafas yo‘llari kasalliklarini davolash bo‘yicha qator ilmiy ishlanmalar muallifi bo‘lgan.
Ubaydullayev uzoq yillar davomida ilm-fan va amaliy tibbiyot yo‘nalishida samarali faoliyat yuritib, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi” unvoni bilan taqdirlangan. Uning ilmiy merosi bugun ham amaliyotda qo‘llanib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.