
2025-yil 12-dekabrda Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» xalqaro mukofoti hakamlar hay’ati yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomon insoniy birodarlik va madaniyatlararo anglashuvni kengaytirish yo‘nalishlaridagi hamkorlikni muhokama qilishdi. Mirziyoyeva va Rim Papasi, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan yondashuvlarni xalqaro miqyosda ilgari surishning muhimligini ta’kidlashdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda turli konfessiya vakillari, shu jumladan katoliklar tinchlik va totuvlik muhitida yashayotganini qayd etdilar. Mukofotning asosiy maqsadi — bu qadriyatlarni global miqyosda mustahkamlashdir.
Suhbatda butun dunyoda ishonchni mustahkamlash, insonparvarlik va birodarlik tamoyillarini ilgari surish borasida hamkorlikni rivojlantirishga tayyorlik bildirildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.