Poytaxt avtobuslariga «aqlli karta» orqali pul to‘lash mumkin bo‘ladi

1 daqiqa o'qish6.8K
Poytaxt avtobuslariga «aqlli karta» orqali pul to‘lash mumkin bo‘ladi
Poytaxt avtobuslariga «aqlli karta» orqali pul to‘lash mumkin bo‘ladi

Joriy yilning oxirigacha poytaxtimizdagi avtobuslarga elektron to‘lov tizimi uskunalari o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Bu to‘g‘rida «Toshshahartransxizmat» AJ raisi Otabek Sodiqov Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan, deb yozadi Terabayt sayti.

Avtomatlashgan to‘lov tizimidan foydalanish uchun yo‘lovchi smart-kartalarni oladi va unga o‘zining hisob raqamidan unga mablag‘ o‘tkazadi. Yo‘lovchi ushbu «aqlli karta» yordamida, ya’ni uni avtobusda o‘rnatilgan maxsus validatorga yaqin tutish orqali yo‘l haqini to‘laydilar. Bu uskuna har gal bir maratlik yo‘l haqini yechib oladi.

— Mazkur usuldagi to‘lov tizimi Prezidentimizning 2017 yil 10 yanvardagi «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shahar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida amalga oshirilmoqda. Qarorda yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat darajasini oshirish va yo‘l haqini naqd pulsiz amalga oshirish vazifalari ham belgilangan.

Bunda maxsus moslama — validator avtobusning old eshigi yoniga o‘rnatiladi. Yo‘lovchi avtobusga chiqqanda kartani validatorga yaqinlashtiradi va uskuna avtomatik tarzda 3 soniya ichida undan kerakli summani yechib oladi. Ushbu kartani maxsus do‘konchalardan sotib olish mumkin bo‘ladi. Agar tizim kutilgandek natija bersa, haydovchidan kunlik tushum majburiyati olib tashlanadi.

Joriy yilda qilinadigan yangiliklardan yana biri — poytaxtdagi markaziy avtobus bekatlariga kamida 100 ta elektron tablo o‘rnatilishidir. Bundan tashqari, keyingi besh yilda 1000 dan ortiq avtobus xarid qilinadi. Shu bilan birga, joriy yilda 200 dan ortiq avtobus haydovchisi tayyorlanadi. Buning uchun 21 yoshga to‘lgan, kamida uch yil haydovchilik mehnat stajiga ega yoshlarni o‘z hisobimizdan «D» kategoriyaga o‘qitib, korxonamizga ishga qabul qilamiz.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?