“Adolat” partiyasi rahbari Robaxon Mahmudova og‘ir yo‘qotishga uchradi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi yetakchisi Robaxon Mahmudovaning o‘g‘li Rustam Mahmudov olamdan o‘tdi. Bu xabar uning yaqinlari va hamkasblari orasida chuqur qayg‘u bilan qarshi olindi.
Eslatib o‘tamiz, Robaxon Mahmudova 2023 yilgi prezidentlik saylovida “Adolat” partiyasidan nomzod sifatida qatnashgan. Yakuniy natijalarga ko‘ra, u 4,43 foiz ovoz jamg‘arib, amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyevdan keyin ikkinchi pog‘onani egallagan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing