O‘zbekistonlik qiz xalqaro tanlovda ZEEKR avtomobilini yutib oldi

O‘zbekistonlik qiz xalqaro tanlovda ZEEKR avtomobilini yutib oldi

O‘zbekistonlik Amina Mahmudova Turkmanistonda o‘tkazilgan “Tatar qizi — 2026” xalqaro tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U bosh sovrin — ZЕEKR avtomobili bilan taqdirlandi. Mukofot Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov nomidan topshirildi.

Xalqaro tanlov Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida tashkil etildi. Unda 12 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun bellashdi. Tanlov davomida qatnashchilarning ona tili, tatar xalqi tarixi va milliy an’analari bo‘yicha bilimlari, shuningdek, ijodiy mahorati sinovdan o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston vakili Amina Mahmudova tanlovning bosh sovriniga munosib deb topildi.

Ma’lumot uchun, Amina Mahmudova Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida tahsil oladi. Uning xalqaro tanlovdagi g‘alabasi O‘zbekiston vakilining nufuzli madaniy tadbirdagi muvaffaqiyati bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar