O‘zbekistonda dori narxlarida katta pasayish bo‘ladi

O‘zbekistonda 2026 yil 1 martdan boshlab aholi uchun dori vositalari narxlari 40–60 foizgacha arzonlashadi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rasmiysi rasmiy bayonot berdi.
Ta’kidlanishicha, bu natijaga erishishda bir nechta muhim omillar rol o‘ynagan:
– 2 mingdan ortiq import dorilar uchun referent (muvofiq) narxlar belgilandi;
– Dori ta’minoti tizimidagi vositachilar – dilyorlar (distribyutorlar) ustamalarining kamaytirilishi;
– Soha uchun 392 million dollar miqdoridagi investitsiyalar jalb qilinishi (bu o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘pdir).
Shuningdek, yil yakunigacha yana 4 ming nomdagi dori vositalari narxini pasaytirish hamda mahalliy korxonalarda texnologik transfer asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Bu islohotlar orqali farmatsevtika bozorini barqarorlashtirish, aholining dorilarga bo‘lgan yetarli va arzon imkoniyatini oshirish maqsad qilingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!