2026 yil boshida hududlar kesimida hunarmandlar reytingi e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 2026 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 22 117 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida — 2 906 ta. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (2 564 ta), Samarqand viloyati (2 090 ta), Andijon viloyati (2 088 ta), Namangan viloyati (1 990 ta), Xorazm viloyati (1 977 ta) qayd etilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 1 791 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 496 ta, Buxoro viloyatida 1 474 ta, Jizzax viloyatida 1 033 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 951 ta, Surxondaryo viloyatida 845 ta, Sirdaryo viloyatida 465 ta, Navoiy viloyatida 447 ta hunarmand borligi ko‘rsatilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing