date

Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 19 mingdan oshdi

Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 19 mingdan oshdi

O‘zbekistonga Yaqin Sharq davlatlaridan qaytarilgan fuqarolar soni 8 mart soat 07:00 holatiga ko‘ra 19 347 nafarga yetdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib mahalliy OAV xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 7 mart kuni Saudiya Arabistonidan 9 ta reys orqali 1 680 nafar, Birlashgan Arab Amirliklaridan esa 2 ta reys bilan 394 nafar fuqaro vatanga olib kelingan. Shu kuni Erondan ham 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi qaytarilgan.

Shuningdek, Qatar va Saudiya Arabistonidagi O‘zbekiston elchixonalari Transport vazirligi bilan hamkorlikda Dohada bo‘lib turgan fuqarolarning birinchi guruhini — 208 nafar vatandoshni evakuatsiya qilgan. Ular Centrum Air reysi bilan Ar-Riyoddan uchib, 8 mart kuni soat 05:40 da Toshkentga sog‘-salomat yetib kelgan.

Ayni paytda keyingi evakuatsiya bosqichi uchun fuqarolarning ikkinchi guruhi — 126 nafar vatandosh ham shakllantirilgan. Ularni Doha shahridan Riyod orqali Toshkentga charter reys bilan olib kelish rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, vatandoshlarni qaytarish ishlari tizimli va bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yaqin Sharqdan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 19 mingdan oshdi