O'zbekistonda umumxalq xayriya hashari o'tkaziladi

1 daqiqa o'qish3.1K
O'zbekistonda umumxalq xayriya hashari o'tkaziladi

O'zbekiston bo'ylab 13 va 14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o'tkazilishi belgilandi. "Obod yurt mahalladan boshlanadi" shiori ostida tashkil etilayotgan mazkur tadbirda barcha hududlar qamrab olinadi. O'zbekiston mahalla uyushmasi ma'lumotiga ko'ra, ushbu kunlarda ko'chalar, xonadonlar, qabristonlar hamda muqaddas qadamjolarni tartibga keltirish ishlari amalga oshiriladi.

Hashar doirasida bolalar maydonchalarini ta'mirlash, daraxtlarga shakl berish va "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chatlar ekish rejalashtirilgan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olish, ularning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko'maklashish ham tadbirning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Ko'ngillilar va obodonlashtirish xizmatlari hamkorligida amalga oshiriladigan bu xayrli ishlar yurtimizda o'zaro yordam an'analarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bahor fasliga tayyorgarlik ko'rish, hududlarni toza va ozoda saqlash maqsadida o'tkazilayotgan ushbu tadbirda barcha yurtdoshlarimiz faol ishtirok etishi kutilmoqda. Hashar nafaqat atrof-muhitni obod qilish, balki mahallalarda ahillik va hamjihatlik muhitini yanada kuchaytirishga qaratilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?