Toshkentda ta'lim xizmatlari bo'yicha yetakchi tumanlar ma'lum qilindi

1 daqiqa o'qish287
Toshkentda ta'lim xizmatlari bo'yicha yetakchi tumanlar ma'lum qilindi

Statistika agentligi ma'lumotlariga ko'ra, 2025 yilda Toshkent shahrida ta'lim xizmatlarining umumiy hajmi 18,8 trillion so'mni tashkil etdi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha poytaxt tumanlari orasida Chilonzor tumani mutlaq yetakchiga aylandi. Tumanda ko'rsatilgan ta'lim xizmatlari hajmi 2,99 trillion so'mga yetgan.

Reytingning yuqori pog'onalaridan Yunusobod va Olmazor tumanlari ham joy oldi. Ularning ko'rsatkichlari mos ravishda 2,19 trillion hamda 2,15 trillion so'mni tashkil qiladi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ushbu hududlarda ta'lim bozorining bunday yuqori bo'lishi oliy o'quv yurtlari, xususiy maktablar va turli o'quv markazlarining ko'pligi bilan bevosita bog'liq.

Boshqa tumanlar kesimida Mirzo Ulug'bek tumani 1,77 trillion so'm, Mirobod tumani 1,48 trillion so'm, Shayxontohur tumani 1,41 trillion so'm va Yakkasaroy tumani 1,08 trillion so'm natija qayd etgan. Bu hududlarda ham ta'lim sohasi barqaror rivojlanib bormoqda.

Ta'lim xizmatlari eng kam ko'rsatilgan hududlar qatoriga esa Sergeli, Yangihayot va Bektemir tumanlari kiritildi. Xususan, Sergeli tumanida bu ko'rsatkich 291,9 milliard so'mni, Yangihayot tumanida 213,1 milliard so'mni tashkil etgan bo'lsa, eng past natija Bektemir tumanida kuzatildi. Bu tumanda ta'lim xizmatlari hajmi bor-yo'g'i 43,8 milliard so'mga teng bo'lgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?