Turkiyada o‘zbeklar mehnati bilan bunyod etilgan "Buxoro" masjidi ochildi

Turkiyaning Xatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida bunyod etilgan yangi masjid foydalanishga topshirildi. Ushbu ibodat maskani ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikning yorqin ifodasi sifatida baholanmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, masjidga Turkiyada og‘ir sinovli davrlarda o‘zbek xalqi ko‘rsatgan beg‘araz yordam va birdamlikka minnatdorlik ramzi sifatida “Buxoro” nomi berilgan.
Yangi ibodatxonasi 3,2 mingga yaqin xonadondan iborat yirik turarjoy majmuasining markazida joylashgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 nafargacha namozxonni qabul qila oladi. Binoning zamonaviy me’moriy yechimi, qulay sharoitlari va estetik ko‘rinishi bilan ajralib turishi ta’kidlanmoqda.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mazkur loyiha ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalari hamda gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!