Moskvadan Termizga parvoz qilayotgan samolyot ob-havo sharoiti sabab Samarqandga yoʻnaltirildi

Moskvadan Termizga parvoz qilayotgan samolyot noqulay ob-havo sharoiti sabab oʻz yoʻnalishini oʻzgartirishga majbur boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, Pobeda Airlines aviakompaniyasiga tegishli mazkur reys chang boʻroni tufayli zaxira aeroportga yoʻnaltirilgan.
Ekipaj xavfsizlikni birinchi oʻringa qoʻygan holda parvozni davom ettirmaslikka qaror qabul qilgan. Shu sababli samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga burilgan.
Manbalarga koʻra, havo kemasi Samarqandga muvaffaqiyatli va xavfsiz tarzda qoʻngan.
Hozirda yoʻlovchilarning holati yaxshi ekani, barcha zarur choralar koʻrilgani qayd etilmoqda.
Mutaxassislar bunday holatlarda xavfsizlik talablariga qatʼiy amal qilish birinchi darajali ahamiyatga ega ekanini taʼkidlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing