Mashhur “Andijon devzira oshi” rasman davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Mashhur “Andijon devzira oshi” rasman davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Qisqacha

“Andijon devzira oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur maqom taomning nomi, tayyorlash an’analari hamda o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy jihatdan himoya qilish imkonini beradi. Ushbu taom asosan Farg‘ona vodiysida yetishtiriladigan qizg‘ish tusli va zich donali devzira guruchi asosida tayyorlanadi.

“Andijon devzira oshi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti ma’lum qildi.

Ushbu maqom taom nomi, tayyorlash an’analari va o‘ziga xos xususiyatlarini huquqiy himoya qilish imkonini beradi.

“Andijon devzira oshi” asosan Farg‘ona vodiysida yetishtiriladigan devzira guruchi asosida tayyorlanadi. Qizg‘ish tusli va zich donali ushbu guruch oshga alohida ta’m, xushbo‘ylik hamda dona-dona ko‘rinish beradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, geografik ko‘rsatkich maqomi taomning o‘ziga xosligini saqlash, sifat kafolatlarini mustahkamlash va an’anaviy tayyorlash usulini himoya qilishga xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar