Gulnora Karimovaning 43,5 mln dollarlik aktivlari tibbiyotga yo‘naltirildi!

Gulnora Karimovaning Shveysariyadan qaytarilgan 43,5 million dollarlik aktivlari mamlakatda onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini rivojlantirishga sarflandi. Ushbu mablag‘lar evaziga respublika bo‘ylab 231 ta perinatal muassasa zamonaviy tibbiy uskunalar bilan ta’minlandi. Shuningdek, 80 mingdan ortiq tibbiyot xodimi malaka oshirib, onalar va chaqaloqlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi klinik protokollar amaliyotga joriy etildi.
Gulnora Karimovaning Shveysariyadan O‘zbekistonga qaytarilgan aktivlaridan 43,5 million dollar onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini rivojlantirishga sarflandi.
Mazkur mablag‘lar hisobidan mamlakat bo‘ylab 231 ta perinatal muassasa zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Shuningdek, 80 mingdan ortiq tibbiyot xodimi malaka oshirib, onalar va chaqaloqlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi klinik protokollar amaliyotga joriy etildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha natijasida oldini olish mumkin bo‘lgan onalar o‘limi sezilarli kamaygan. Bundan tashqari, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko‘rsatkichi ham yaxshilangan.
Qaytarilgan aktivlarning tibbiyotga yo‘naltirilishi respublikadagi perinatal xizmatlar sifatini oshirish va ona-bola salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.































Izohlar 0
…