Yunusobod va Shayxontohur aholi soni bo‘yicha yetakchilar safida

Yunusobod va Shayxontohur aholi soni bo‘yicha yetakchilar safida

2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod va Shayxontohur tumanlari aholi eng ko‘p yashaydigan hududlar bo‘yicha O‘zbekistondagi birinchi o‘ntalikdan joy oldi. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlarida qayd etilgan.

Poytaxt tumanlari orasida Olmazor birinchi o‘rinni egalladi. U yerda 419,6 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Yunusobod tumani 395 ming nafar aholi bilan ikkinchi, Shayxontohur tumani esa 374,6 ming kishi bilan uchinchi o‘rinda qayd etildi.

Mamlakat miqyosida Olmazor tumani aholi soni bo‘yicha 6-o‘rinni egallagan. Yunusobod 8-o‘rinda, Shayxontohur esa 9-o‘rinda joylashgan.

2026 yil 1 aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi 38,4 million nafarga yetgan. Eng ko‘p aholi yashaydigan hududlar ro‘yxatida yirik shaharlar bilan birga Samarqand va Andijon viloyatlaridagi aholisi zich tumanlar ham yuqori o‘rinlarni band qilgan.

Toshkent viloyatining biror tumani birinchi o‘ntalikka kirmagan. Bu poytaxt aholisining katta qismi bevosita Toshkent shahrining ma’muriy hududlarida to‘planganini ko‘rsatadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar