Ehtiyot bo‘ling: Bugun O‘zbekistonda ultrabinafsha nurlanish eng xavfli darajaga chiqadi

Ehtiyot bo‘ling: Bugun O‘zbekistonda ultrabinafsha nurlanish eng xavfli darajaga chiqadi
Qisqacha

Bugun Toshkent shahrida ultrabinafsha nurlanish darajasi ekstremal ko‘rsatkich bo‘lgan 10 ballgacha yetishi kutilmoqda. Quyosh nurlarining eng xavfli davri soat 13:00 atrofida kuzatilib, UV nurlanish darajasi soat 16:00 ga yaqin asta-sekin pasaya boshlaydi. Mutaxassislar fuqarolarga, ayniqsa bolalar, keksalar va salomatligida muammosi bor insonlarga kunning eng issiq vaqtida ochiq quyosh ostida uzoq qolmaslikni tavsiya qilmoqda.

Bugun va ertaga Toshkent shahrida ultrabinafsha nurlanish darajasi ekstremal ko‘rsatkich — 10 ballgacha yetishi kutilmoqda.

Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, quyosh nurlarining eng xavfli davri soat 13:00 atrofida kuzatiladi. UV nurlanish darajasi soat 16:00 ga yaqin asta-sekin pasaya boshlaydi.

Shu sababli fuqarolarga kunning eng issiq vaqtida uzoq muddat ochiq quyosh ostida qolmaslik tavsiya etilmoqda. Ayniqsa, bolalar, keksalar va salomatligida muammosi bor insonlar ehtiyot choralariga qat’iy amal qilishi lozim.

Ko‘chaga chiqishda quyoshdan himoyalovchi vositalardan foydalanish, bosh kiyim kiyish va organizm suvsizlanishining oldini olish uchun ko‘proq suyuqlik ichish tavsiya qilinadi.

Sog‘lig‘ingizni asrang va yaqinlaringizni ham ogohlantiring.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar