Andijonda 31 mingdan ortiq aholi uchun kanalizatsiya tarmog‘i yangilanmoqda

Andijonda 31 mingdan ortiq aholi uchun kanalizatsiya tarmog‘i yangilanmoqda

Andijon shahrida oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda. Loyiha «Sarvontepa», «Forobiy», «Mustaqillikning 21 yilligi», «Hamdo‘stlik» va «Uzumzor» mahallalarida amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi Nuz.uz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i asosida ushbu hududlardagi kanalizatsiya infratuzilmasi to‘liq yangilanmoqda. Yangi muhandislik tarmoqlari 6 mingdan ortiq xonadonga xizmat ko‘rsatadi. Ularda qariyb 31 ming kishi istiqomat qiladi.

Loyiha yakunlangach, yana 10 ming nafar aholining uy-joylarini yangi kanalizatsiya tizimiga ulash rejalashtirilgan. Shu tariqa, qamrov bosqichma-bosqich kengaytiriladi.

Avvalroq Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Andijonga ish safari chog‘ida aholi murojaatlari bilan tanishgan edi. O‘shanda kanalizatsiya tarmoqlarini kapital ta’mirlash, shuningdek, muhandislik kommunikatsiyalari o‘tkazilayotgan yo‘llarni ham tiklash zarurligiga e’tibor qaratilgan.

Tashrif yakunlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar davlat rahbariga kiritilgan. Shundan so‘ng hududdagi kanalizatsiya tizimini yangilash ishlari jadallashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar