O‘zbekistonda 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun avtokreslo majburiy bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda bolalarni yengil avtomobillarda tashish tartibini qat’iylashtirish rejalashtirilmoqda. Yangi qaror loyihasiga ko‘ra, 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maxsus ushlab turuvchi qurilma, ya’ni avtokresloda olib yurish majburiy etib belgilanishi mumkin.
7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa avtomobil harakatlanayotgan vaqtda xavfsizlik kamarini taqishi shart bo‘ladi. Shuningdek, transport vositasi konstruksiyasida ko‘rsatilgan o‘rinlar sonidan ortiq bola olib yurishga ruxsat berilmaydi.
Belgilangan talablarga amal qilmagan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan.
Yangi choralar yo‘l-transport hodisalarida bolalarning tan jarohati olish xavfini kamaytirish va ularning avtomobildagi xavfsizligini kuchaytirishga qaratilgan.































Izohlar 0
…