Yangixayotda yangi qurilayotgan bino hududida yong‘in chiqdi

Yangixayotda yangi qurilayotgan bino hududida yong‘in chiqdi

29 iyun kuni Toshkent shahrining Yangixayot tumanida yangi qurilayotgan bino hududida yong‘in sodir bo‘ldi.

Soat 12:43 da Navro‘z ko‘chasidagi qurilish maydoni yonayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Qutqaruv texnikalari soat 12:51 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 12:56 da qurshab olinib, 12:59 da to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 50 kvadrat metr maydondagi polizol qoplamasi yonib zararlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar