O‘zbekistonda AI-92 benzini narxi rekord darajada qimmatlashdi

1 daqiqa o'qish271
O‘zbekistonda AI-92 benzini narxi rekord darajada qimmatlashdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida AI-92 markali avtomobil benzini narxi yana keskin oshib, tarixiy eng yuqori darajaga yetdi.
  • Ma'lum qilinishicha, 29 iyun kuni bo'lib o'tgan savdolar yakuniga ko'ra, mazkur yoqilg'ining bir tonnasi 13,919 million so'mdan sotilgan va iyun oyi boshidan buyon narxlar qariyb 11,8 foizga qimmatlagan.

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida AI-92 markali avtomobil benzini narxi yana keskin oshib, tarixiy eng yuqori darajaga yetdi. Bu haqda Spot nashri birja savdolari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 29 iyun kuni bo‘lib o‘tgan savdolar yakuniga ko‘ra, AI-92 benzinining bir tonnasi 13,919 million so‘mdan sotilgan. Bu avvalgi savdolarga nisbatan 1,1 foizga yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, yangi tarixiy rekord sifatida qayd etildi. Iyun oyi boshidan buyon esa mazkur yoqilg‘i turining narxi 1,473 million so‘mga yoki qariyb 11,8 foizga qimmatlagan.

Narxlarning asosiy o‘sishi iyun oyining birinchi yarmiga to‘g‘ri kelgan. Xususan, 4 iyun kuni bir tonna AI-92 benzini 12,476 million so‘mdan sotilgan bo‘lsa, 8 iyunga kelib bor-yo‘g‘i to‘rt kun ichida uning qiymati 10,5 foizga oshib, 13,788 million so‘mga yetgan. Keyingi ikki hafta davomida benzin narxi 13,7–13,8 million so‘m oralig‘ida saqlanib turgan bo‘lsa, 29 iyun kuni yana ko‘tarilib, avvalgi rekordni ham yangiladi.

Shu bilan bir vaqtda birjada taklif etilayotgan yoqilg‘i hajmi ham qisqargani kuzatildi. Agar 1 iyun kuni savdolarga 3 791 tonna benzin chiqarilgan bo‘lsa, 23 iyunga kelib bu ko‘rsatkich deyarli ikki barobarga kamayib, 1 898 tonnani tashkil etgan. 29 iyun kuni taklif hajmi 3 123,2 tonnagacha tiklanganiga qaramay, bu holat narxlarning pasayishiga ta’sir ko‘rsatmagan.

Spot ma’lumotiga ko‘ra, narxlarning keskin oshishi Rossiyada yoqilg‘i taqchilligi kuzatilayotgan davrga to‘g‘ri kelgan. Bunga Ukraina dronlari hujumlaridan keyin neftni qayta ishlash zavodlarida rejadan tashqari ta’mirlash ishlari amalga oshirilgani asosiy omillardan biri sifatida ko‘rsatilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?