12:06 / 26.05.2017
8 364

«Axborot», «Poytaxt» va «Davr» informasion dasturlari nima uchun yopilmoqda?

«Axborot», «Poytaxt» va «Davr» informasion dasturlari nima uchun yopilmoqda?
«O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» va «Tahlilnoma», «Toshkent» telekanalining «Poytaxt» va «Yoshlar»ning «Davr» informasion dasturlari yopiladi. Bu haqda UZ24 nashri Milliy teleradiokompaniyaga tayanib xabar tarqatmoqda.

Barcha axborot-tahliliy dasturlar «Diyor» kanali va «Toshkent» radiokanali negizida tashkil etilgan «O‘zbekiston 24» telekanali orqali kunu tun efirga uzatiladi. Yangi kanalning ochilish sanasi hozircha noma’lum.

«Axborot», «Poytaxt» va «Davr» dasturlari namoyishi «O‘zbekiston 24» faoliyati boshlanguniga qadar davom etadi.

Prezident may oyi boshida Milliy teleradiokompaniya tarkibida «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzolagandi. Telekanal xorijda ham muxbirlik punktlariga ega bo‘ladi hamda mamlakat va xorijda yuz berayotgan siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot, madaniyat, fan va sport sohasidagi muhim voqealarni tezkorlik bilan yoritib boradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Axborot», «Poytaxt» va «Davr» informasion dasturlari nima uchun yopilmoqda?