Maktablarda yangi xavfsizlik: ota-onalarning maktab hududiga kirishi cheklanadi

O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yangi tartib bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, ota-onalar farzandini asosan maktabning nazorat-o‘tkazish punkti yoki kirish eshigigacha kuzatib qo‘yadi.
Maktab binosi va hududiga kirish esa nazorat asosida amalga oshiriladi. Zarur holatlarda ota-onalar maktab ma’muriyatining ruxsati bilan ichkariga kirishi mumkin bo‘ladi.
Yangi tizim doirasida ta’lim muassasalari videokuzatuv kameralari, xavf tugmasi, kirishni nazorat qilish qurilmalari va qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlanadi. Shuningdek, maktablarga nazorat-o‘tkazish punktlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bu choralar maktab hududiga begona shaxslarning nazoratsiz kirishini cheklash va favqulodda vaziyatlarda tezkor chora ko‘rish imkonini oshirishga qaratilgan.































Izohlar 0
…