Gazlashtirilmagan hududlarda elektr energiyasi me’yori oshiriladi

Gazlashtirilmagan hududlarda elektr energiyasi me’yori oshiriladi

Gazlashtirilmagan va isitish mavsumida gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda elektr energiyasining bazaviy iste’mol me’yori oshiriladi. Amaldagi 200 kilovatt-soatlik me’yor 350 kilovatt-soatga yetkaziladi.

Shuningdek, bazaviy me’yordan ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi va gaz uchun xarajatlarning bir qismini qoplash muddatini 2028 yil 1 aprelga qadar uzaytirish taklif etildi.

Ushbu chora har yili 470 ming oilani davlat ko‘magi bilan qamrab olish imkonini beradi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar