Kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qaror loyihasi ishlab chiqildi

1 daqiqa o'qish4.8K
Kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qaror loyihasi ishlab chiqildi
Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi.

Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining bildirishicha, loyihada nafaqalar va moddiy yordam ariza beruvchining yashash (doimiy propiska yoki vaqtincha (turgan joyi boʻyicha) hisobga olingan) joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan tayinlanishi, vaqtincha (turgan joyi boʻyicha) hisobga olingan joydan ariza bilan murojaat qilganda, doimiy propiskadan oʻtgan joyidan nafaqalar va moddiy yordam tayinlanmaganligi haqida maʼlumotnoma taqdim etishi nazarda tutilmoqda.

Shuningdek, hujjatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, uning joylardagi organlari tomonidan nafaqalar va moddiy yordam tayinlangan va toʻlangan fuqarolar haqida maʼlumotlar elektron reyestri yuritilishini belgilovchi norma kiritilmoqda.

Elektron reyestrning joriy etilishi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan byudjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishi va soxta maʼlumotlar berilishi holatlari oldi olinadi.

Kam taʼminlangan oilalarning propiskadan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, ularning moddiy va mulkiy holatini toʻliq oʻrganish hamda haqiqatan ehtiyojmand va davlat koʻmagiga muhtoj oilalarni aniqlash va ularga oʻz vaqtida zarur moddiy yordam koʻrsatish imkoniyati yaratiladi.

Mazkur qaror loyihasining qabul qilinishi haqiqatan ehtiyojmand va davlat koʻmagiga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalarning davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilinishi taʼminlanishiga erishiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?